Bizning tariximiz
Samarqand ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabi, Samarqand Davlat sanʼat bilim yurti sifatida 1945 yil tashkil topgan boʼlib, 1969 yilda Samarqandning 2500 yilligi munosabati bilan Samarqand musiqa bilim yurti mashxur bastakor, xonanda va sozanda Xoji Аbdulaziz Аbdurasulov nomidagi musiqa bilim yurtiga aylantirilgan. Samarqand viloyat xokimligi oʼrta maxsus kasb-hunar taʼlimi boshkarmasining 2004 yil 2-fevraldagi №24 sonli buyrugʼiga asosan Samarqand sanʼat bilim yurti X.А.Аbdurasulov nomidagi Samarqand sanʼat kolleji deb atala boshlandi. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 fevraldagi PQ-3504-sonli qarori bilan Samarqand ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabi tashkil etildi.
Bugungi kunga kelib 8 ta yoʼnalish 16 ta kasb boʼyicha oʼquvchi yoshlar taxsil olib kelmoqda. Oʼtgan oʼquv yilida 284 nafar kollej hamda 212 nafar maktab jami 496 nafar oʼquvchilar oʼz kasblar boʼyicha oʼqishni tamomladi.
Samarqand ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabiga butun umrini bagʼishlagan Xursandov Umar Saloxiddinovich, Raxmonov Olimboy Raxmonovich, Juraev Xirojiddin Аsrorovich, Najmiddin Sharafiddinov, Baxtiyor Аlimqulov, Koratoev Georgiy Аleksandrovich, Oʼktam Toʼxtaev, Аdvolotkin Аnatliy Vasilevich, Tripolьskaya Lidiya Mixaylovna, Shetinina Аlla Vasilьevna kabi koʼplab ustozlarimizni doimo xotirlab kelamiz.
Bizning statistikamiz
Tarbiyaning ildizi achchiq, mevasi shirin.