Bizning Tariximiz
Samarqand ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabi
Samarqand ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabi, Samarqand Davlat sanʼat bilim yurti sifatida 1945 yil tashkil topgan boʼlib, 1969 yilda Samarqandning 2500 yilligi munosabati bilan Samarqand musiqa bilim yurti mashxur bastakor, xonanda va sozanda Xoji Аbdulaziz Аbdurasulov nomidagi musiqa bilim yurtiga aylantirilgan. Samarqand viloyat xokimligi oʼrta maxsus kasb-hunar taʼlimi boshkarmasining 2004 yil 2-fevraldagi №24 sonli buyrugʼiga asosan Samarqand sanʼat bilim yurti X.А.Аbdurasulov nomidagi Samarqand sanʼat kolleji deb atala boshlandi. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 fevraldagi PQ-3504-sonli qarori bilan Samarqand ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabi tashkil etildi.
Bugungi kunga kelib 8 ta yoʼnalish 16 ta kasb boʼyicha oʼquvchi yoshlar taxsil olib kelmoqda. Oʼtgan oʼquv yilida 284 nafar kollej hamda 212 nafar maktab jami 496 nafar oʼquvchilar oʼz kasblar boʼyicha oʼqishni tamomladi.
Samarqand ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabiga butun umrini bagʼishlagan Xursandov Umar Saloxiddinovich, Raxmonov Olimboy Raxmonovich, Juraev Xirojiddin Аsrorovich, Najmiddin Sharafiddinov, Baxtiyor Аlimqulov, Koratoev Georgiy Аleksandrovich, Oʼktam Toʼxtaev, Аdvolotkin Аnatliy Vasilevich, Tripolьskaya Lidiya Mixaylovna, Shetinina Аlla Vasilьevna kabi koʼplab ustozlarimizni doimo xotirlab kelamiz.
Xozirgi vaqtda Samarqand ixtisosolashtirilgan sanʼat maktabida Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan artist Erkin Qaytarov, «Doʼstlik ordeni» sohibi Xusan Fayzullaev, “Nihol” mukofoti sovrindori Gʼiyos Obloqulovlar oʼqituvchilik faoliyatini olib bormoqdalar.
Bundan tashqari sanʼat maktabimizda 9 nafar bosh oʼqituvchi, 18 nafar yetakchi oʼqituvchi, 66 nafar katta oʼqituvchi, jami 388 nafar pedagog oʼqituvchilar taʼlim-tarbiya berib kelmoqdalar.
Barchamizga maʼlumki bugungi kunda yurtboshimiz tomonidan yoshlarning bilim olishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Bunga javoban bizning oʼquvchilarimiz xam koʼplab Xalqaro tanlovlar masalan “Sozlar navosi”, “Ona yurt ohanglari”, “Okno vы yevropi”, Respublika tanlovlaridan “Yosh ijrochilar Respublika koʼrik tanlovi”, “Yuksak maʼnaviyatli avlod” tanlovlarda oʼz mutaxissisliklari boʼyicha yuqori natijalarga erishib kelmoqda. Bitiruvchi oʼquvchilarimiz Oʼzbekiston davlat konservatoriyasi xamda chet davlatlarining nufuzli oligohlariga tahsil olmoqda.

Agar siz bir yilni rejalashtirmoqchi bo’lsangiz, guruch eking; agar siz o’n yilni rejalashtirmoqchi bo’lsangiz, daraxt eking; Agar siz bir umrni rejalashtirmoqchi bo’lsangiz, odamlarni tarbiyalang»
- Xitoy maqoli
Bizining Raqamlarimiz
Missiya bayonoti
Bizning vazifamiz — boyitilgan ta’lim dasturini taklif qilish orqali har bir bolaning noyob qobiliyatlari va salohiyatini rivojlantirishdir. Biz amaliy yondashuv orqali mukammallikka intilamiz. Innovatsion o‘quv dasturimiz asosida yaratilgan boy an’analar samarali, g‘amxo‘r va intellektual qiziquvchan fuqarolarni yetishtirmoqda.
Bizning asosiy qadriyatlarimiz
Bizda zamonaviy, dolzarb va talabalarni porloq kelajakka ilhomlantiradigan madaniyat mavjud. Biz o’rganishga yondashuvimizda qat’iymiz, fikrlashda ijodiy va ambitsiyalarimizda dadil.
Bizning Falsafamiz
Biz Samarqand San’at maktabida bolalarga yo’naltirilgan ta’lim yondashuviga amal qilamiz. Biz uning tug‘ilishdan to voyaga yetgunga qadar ilmiy kuzatishlarga asoslanganligiga ishonch hosil qilamiz. Biz bola tabiatan qiziquvchan va qo’llab-quvvatlovchi va puxta tayyorlangan muhitda o’rganishni boshlashga qodir ekanligiga ishonamiz.