Joriy yilning 14-sentabr kuni Madaniyat vazirligining «Madaniyat turizm vazirligi, uning hududiy va tarkibiy bo’linmalarida korrupsiyaga qarshi kurashish doirasida 2023-yilda amalga oshiriladigan tadbirlar rejasi» ijrosini ta’minlash maqsadida viloyatdagi barcha musiqa va san’at maktablari rahbar xodimlari uchun Samarqand ixtisoslashtirilgan san’at maktabi konsert zalida «Korrupsiyaga qarshi kurashishda korrupsion omillar» mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Seminar-treningni Madaniyat vazirligining Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati boshlig’i Komiljon Rahimov olib bordi. Tashkil etilgan seminar-treningda hukumatimiz tomonidan qabul qilngan korrupsiya to’g’risidagi normativ-huquqiy hujjatlar soha vakillariga keng tartibda tahlil qilinib, tanishtirildi.

6-dekabr 2023-yil Samarqandda »Vatan taraqqiyotiga mening hissam» Respublika tanlovining Samarqand viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda Samarqand Ixtisoslashtirilgan san’at maktabi o‘quvchisi-Nasimova Jasmina «Milliy maqom» yo‘nalishidan 1-o‘rinni egallab, tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanma oldilar. «Milliy estrada» yo‘nalishidan qatnashchimiz, Samarqand ixtisoslashtirilgan san’at maktabining yana bir o‘quvchisi Mamatkulov Dilshodjon esa faxrli 2-o‘rinni egalladi. Gʻoliblarni tabriklaymiz.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to‘g‘risida” 2023-yil 16- noyabrdagi F-72- son Farmoyishining 3.6 bandida “Konstitutsiya haftaligi” o’tkazilishi belgilangan. Ushbu farmoyishning ijrosini ta’minlash maqsadida  Samarqand ixtisoslashtirilgan san’at maktabida 6 dekabr kuni Mening Konsitutsiyam 31 yoshda shiori ostida Konstitutsiya farovon hayot asosi nomli tantanali tadbir tashkil etildi.

Samarqand viloyat favqulotda vaziyatlar boshqarmasi hamda Samarqand ixtisoslashtirilgan san’at maktabi hamkorlikda 18 – noyabr O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan tadbir hamda shu mavzudagi tanlov tashkil etildi. Tadbirda maktabning madaniy-ma’rifiy tadbirlar badiiy bezash yo‘nalishi o‘quvchilari faol ishtirok etib g‘oliblikni qo‘lda kiritishdi.

O‘ZBEKISTON KOMPOZITORLARI VA BASTAKORLARI UYUSHMASI SAMARQAND VILOYAT BO’LIMI

SAMARQAND VILOYAT MADANIYAT BOSHQARMASI TASARRUFIDAGI SAMARQAND IXTISOSLASHTIRILGAN SAN’AT MAKTABI «Ijodimiz senga, Vatan» turkumidan SAMARQAND IXTISOSLASHTIRILGAN SAN’AT MAKTABIDA    O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi a’zosi, Respublika va xalqaro tanlovlar sovrindori, pianist va kompozitor      AYAPBERGEN OTEGENOV  bilan 3-oktabr 2023-yil   IJODIY UCHRASHUV hamda MAHORAT DARSLARI bo’lib o’tdi.

Joriy yilning 30-sentabr kuni Samarqand ixtisoslashtirilgan san’at maktabida 1-oktabr o‘qituvchi va murabiiylar kuniga bag‘ishlangan “Ustozlar sizga ta’zim” deb nomlangan tantanali tadbir tashkil etildi.

         Tadbirni maktab o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari X. Jo‘raboyev ochib berdi. Tadbir boshida Samarqand ixtisoslashtirilgan san’at maktabining bir guruh o‘qituvchilari viloyat madaniyat boshqarmasi hamda maktab ma’muriyati va kasaba uyushmasi tomonidan tashakkurnoma va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.