An'anaviy cholg'ular ijrochisi

O’zbekiston Respublikasi Mustaqillikka erishgandan so’ng, 1991-yilda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda Madaniyat va Sport Vazirligi qarori asosida dastlab Farg’ona, Xorazm, Buxoro va Toshkent viloyatlarida “An’anaviy ijrochilik” yo’nalishlari ochilishiga ruxsat berildi. Shu vaqtda Hoji Abdulaziz Abdurasulov nomidagi Samarqand Davlat musiqa va San’at bilim yurti direktori Rahmonov Olimboy Rahmonovich, Xusan Fayzullayevga “An’anaviy ijrochilik” kafedrasi ochishni maslahat beradi. Hoji Abdulaziz Abdurasulov nomidagi Samarqand Davlat musiqa va San’at bilim yurti ma’muriyati tomonidan Vazirlikka murojaat qilinadi va Samarqandda ham “An’anaviy ijrochilik” bo’limi ochilishiga ruhsat beriladi. Shundan so’ng Hoji Abdulaziz Abdurasulov nomidagi Samarqand Davlat musiqa va San’at bilim yurti direktori Rahmonov Olimboy Rahmonovichning maslahati bilan Xusan Fayzullayev domlaga bu bo’limni ochish va boshqarish yuklatildi. Xusan Fayzullayev domlaning say harakatlari natijasida Hoji Abdulaziz Abdurasulov nomidagi Samarqand Davlat musiqa va San’at bilim yurtida ilk marotaba “Xalq cholg’u asboblari” bo’limi qoshida “An’anaviy ijrochilik sozanda va xonanda” kichik bo’limi tashkil topdi.

Dastlab bu bo’limda X.Fayzullayev faoliyat yurgizayotgan vaqtda, X.Fayzullayevning taklifi asosida “Xalq cholg’u asboblari” bo’limi o’qituvchilari jalb qilindi. Keyinchalik Toshkent Davlat Konservatoriyasini Samarqandlik yosh talabalar “An’anaviy yo’nalishini bitirgan B. Nosirova, N. Xolmurodova, keyinchalik Madanyat Institutini bitirgan I. Ibodov singari yetuk mutaxasis o’qituvchilar ishga taklif qilindi. 1991-yilda Hoji Abdulaziz Abdurasulov nomidagi Samarqand Davlat musiqa va San’at bilim yurtining “An’anaviy ijrochilik” kafedrasiga 12 ta talaba qabul qilindi

1992 – yilda “Xalq cholg’u asboblari” bo’limidan “An’anaviy ijrochilik” bo’limi alohida bo’lim sifatida ajralib chiqib o’z faoliyatini boshladi va 1995– yilda Muxtor Ashrafiy nomidagi Toshkent davlat Konservatoriyasida,  Yunus Rajabiy nomidagi “Yosh Maqomchilar”  ko’rik tanlovida 1 – marta Hoji Abdulaziz Abdurasulov nomidagi Samarqand Davlat musiqa va San’at bilim yurtining “An’anaviy ijrochilik” kafedrasi o’quvchilari, E. Xudoyberdiyev, M.Kubayeva, A. Ibrohimovlar qatnashib faxrli o’rinlarni egalladi va shu yili “An’anaviy ijrochilik” bo’limining 1-qabul qilingan talabalar muvaffaqiyatli o’qishni tamomladi.

1995-yildan 2000-yilgacha Yetuk mutaxasislardan xalq maorif a’lochisi R Xamroqulov, X Baqoyev, O’ To’xtayev va shu bo’limni bitirgan a’lochi yetuk talabalardan saralab o’qituvchilikka qabul qilindi. Bular E Xudoyberdiyev, S.Muhammadiyev, T,Suvonov. O.Sultonov, A,Sultonov, X. Sharipovlar “An’anaviy ijrochilik” bo’limida o’z faoliyatlarini olib borgan. 1998-yilda I. Ibodov “An’anaviy ijrochilik” bo’limining talaba yoshlaridan Tanbur Dutorchilar ansamblini tashkil qildi. Hozirgi vaqtga qadar “An’anaviy ijrochilik” bo’limi o’qituvchisi T.Suvonov bilan birga Tanbur Dutorchilar ansamblidagi yoshlarga cholg’u asbobi sir sinoatlarini o’rgatibgina qolmay, ustoz shogirt an’analarini davom ettirib barcha davlat tadbirlarda qatnashib kelmoqda.

1998 – yilda X. Sattorova, A. Baratova va1999 – yilda esa M. Aliyeva, N. Mirzoxidova, Z. G’ulomova singari“ An’anaviy ijrochilik” kafedrasining iqtidorli yoshlari “Sado” milliy  Estrada  tanlovida qatnashib faxrli o’rinlarni egalladilar.

1999-yilda Respublika “Maqomchilar” ko’rik tanlovida A.Nasrullayev va Maqomchilar ansambli qatnashib faxrli o’rinlarni egallagan.

2001 – yilda “O’zbekiston vatanim manim” qo’shiqlar tanlovida N. Mirzoxidova faxrli o’rinni. 2002 yildagi tanlovda T. Jo’rayeva 1-o’rinni egallagan.

2002 – yilda “Boysun Bahori” tanlovida G’.Obloqulov, F.Muqaddarov, E.Xudoyberdiyevlar qatnashib faxrli o’rinlarni egallagan.

2003-yilda  Respublika “Maqomchilar” ko’riktanlovida T. Muxtorov 1-o’rin, Sh. Mamadaliyeva  2-o’rin,  M.Rustamov  3-o’rin, egallaganlar.

2003-yilda Yunus Rajabiynomidagi Respublika “Maqomchilar” ko’riktanlovida E.Xudoyberdiyev 1- o’rinni ,Ansambl 2-o’rinni  egallagan.

2004-yilda 1- Prezdentimiz I.A.Karimov tashabbuslari bilan kollejlar tashkil topilganda Hoji Abdulaziz Abdurasulov nomidagi Samarqand Davlat musiqa va San’at bilim yurtining nomi Hoji Abdulaziz Abdurasulov nomidagi Samarqand sa’nat kollejiga aylantirildi va I.S.Ibodov kollej drektori vazifasiga tayinlandi. Shu yili “An’anaviy ijrochilik” bo’limi 2 ga ajralib “An’anaviy ijrochilik sozanda” kafedrasi va “An’anaviy ijrochilik xonanda” kafedralariga bo’lindi. “An’anaviy ijrochilik sozanda” kafedrasiga X Sharipov va “An’anaviy ijrochilik xonanda” kafedrasiga B Bobojonovlar kafedra mudirligiga tayinlandi.

2005-yilda Yunus Rajabiy nomidagi Respublika “Maqomchilar” ko’rik tanlovida A. Suvonov 1-o’rin, M. Obloqulov 3-o’rinlarni egallagan.

2007-yilda Yunus Rajabiy nomidagi Respublika “Maqomchilar” ko’rik tanlovi Samarqand shahrida o’tgazilganda, S. Xolmurodov 1-o’rin, O’ Saidov 3-o’rinlarni egallagan. 2007 yilda G’ Obloqulov Respublikada, “Nihol” Davlat mukofoti sovrindori bo’lgan

2009-yilda Yunus Rajabiy nomidagi Respublika “Maqomchilar” ko’rik tanlovida A Ergashev 1-o’rin, B.Azizov, 1-o’rin,  S O’roqboyeva 3-o’rinni egalladi.

2011-yilda Yunus Rajabiy nomidagi Respublika “Maqomchilar” ko’rik tanlovida Sh Normurodov 1-o’rin, A Rahmonov 2-o’rin, N Umarova 3-o’rinlarni egallagan. 2011-yilda G’ Obloqulov  Shuhrat medali bilan taqdirlandi.

2013-yilda “Yosh ijrochilar” Respublika ko’rik tanlovida M Samarova 2-darajali diplom bilan taqdirlangan.

2015-yilda Yunus Rajabiy nomidagi Respublika “Maqomchilar” ko’rik tanlovida, S Omonov 2-o’rinni egalladi.2015-yilda “Yosh ijrochilar” Respublika ko’rik tanlovida H Holmurodova 2-darajali diplom bilan taqdirlangan.

2019-yilda “Yosh ijrochilar” Respublika ko’rik tanlovida S Xolmo’minova 1-darajali diplom bilan taqdirlangan.

2021-yilda “Yosh ijrochilar” Respublika ko’rik tanlovida N. Saidova 3-o’rin S Xolmurodova 3-darajali diplom bilan taqdirlangan.

2022-yilda  Respublika  onlayn tanlovda  M Suyunboyeva 1-o’rin, M Nosirova 2-o’rinlarni egallagan.

“An’anaviy ijrochilik” kafedrasi tashkil topgan davrdan hozirgacha 1000dan ortiq yoshlar tahsil olib  Shu yoshlardan mohir sozanda va xonandalar, “Nihol” mukofoti sovrindorlari, “Xalq hofizlari” yetishib chiqqan.Hozirda “An’anaviy ijrochilik sozanda” kafedrasida 50 dan  ortiq oliy ma’lumotli o’qituvchilar faoliyat yuritib kelmoqda.