Koncert

oriy yilning 14-sentabr kuni Madaniyat vazirligining «Madaniyat turizm vazirligi, uning hududiy va tarkibiy bo’linmalarida korrupsiyaga qarshi kurashish doirasida 2023-yilda amalga oshiriladigan tadbirlar rejasi» ijrosini ta’minlash maqsadida viloyatdagi barcha musiqa va san’at maktablari rahbar xodimlari uchun Samarqand ixtisoslashtirilgan san’at maktabi konsert zalida «Korrupsiyaga qarshi kurashishda korrupsion omillar» mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Seminar-treningni Madaniyat vazirligining Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati boshlig’i Komiljon Rahimov olib bordi. Tashkil etilgan seminar-treningda hukumatimiz tomonidan qabul qilngan korrupsiya to’g’risidagi normativ-huquqiy hujjatlar soha vakillariga keng tartibda tahlil qilinib, tanishtirildi.

Куй ва қўшиқ мухлислари диққатига!!!

Жорий йилнинг 22 октябр куни соат 18:00да Самарқанд ихтисослаштирилган санъат мактаби концерт залида таниқли хонанда Ўзбекистон ва Озарбайжон халқ артисти Насиба Абдуллаеванинг “Самарқанд” деб номланган катта концерт дастури бўлиб ўтади. Чипталарни концерт зали кассасидан харид қилишингиз мумкин. Мурожаат учун телефон:(88) 406-07-02(99) 175-24-96