Grafika rassomi

“Tasviriy san’at” bo’limi 1975- yilda tashkil topgan. Mazkur bo’limga Rubinov Baris  ilk bo’lim raxbari sifatida faoliyat boshlagan. Shu davrda bo’limda quyidagi o’qituvchilar, Grigoriy Ulko, Rashid Temirov, Vasiliy Semyonovich Boxan maxsus va mutaxassislik fanlaridan dars berishgan. Keyinchalik bular safiga yosh va iste’dodli mutaxassislar , Haydarov Mardon, Korayev Narimon, ,Nelya Korayeva, Mannon Temirov, Yenin Yevgeniy, Pak Fyodor Ivanovochlar qo’shildilar.

         1982-2003 yillarda bo’limni  Pak Fyodor Ivanovoch mahorat bilam boshqarib jamoaning ahilligini saqlab keldi, bo’lim o’quvchilariga mehribonlik va ga’amxo’rlik qilish bilan bir qatorda Tasviriy san’atning asil mohiyatini tushuntira oldi.

       

1980 -1990-yillarda bo’limda talabalar sonining ko’payishi pedagogik jamoada mutaxassislarga ehtiyojni paydo qildi va shu yillarda o’qituvchilar safida yosh va ga’yratli o’qituvchilar  Pak Lyudmila Nikolayevna , Aleksandr Edilov, Shuhrat Temirov, Galyamov Tabriz  ish boshladi.

 

       2003-2015 yillarda  Djumaboy Raufovich Abduraufov  kafedra mudiri sifatida ish olib bordi. Bu davrda bo’lim bir muncha kengaygan, sohada o’qish istagini bildirgan talabalar soni anchagina oshgan edi.  Mazkur yillarda o’qituvchilar safida  Matlyuba Davronova, Raximova Dilorom, Ashurov Anvar, Sultonov Anvar, Mardonov Muzaffar, Turaboyeva  Zilola, Muxtorova Shahlo, Abdullayev Eldor, Gulomov Shuxrat, Rahmonov Bahtiyor, Aliboyev No’mon singari yosh mutaxassislar ish boshladi.

         2015-2021 yillar bo’limda yetakchilik qilish va uni boshqarish Ashurov Anvar  zimmasiga o’tdi.  Uning serg’ayratligi, mas’ulyatliligi va talabchanligi bo’limda o’qituvchilarning o’z ishlariga va fanlariga nisbatan fidoiyligini oshirdi.     Bu davrda o’qituvchilar  safiga iste’dodli rassom Isayev Nuriddin Asliddinovich kelib qo’shildi.

2021 yilda  Ashurov Anvar  taklifi va bo’lim o’qituvchilarining bir ovozda ma’qullashi bilan “Tasviriy san’at” bo’limini boshqarish yosh mutaxassis  Shuxrat  Gulomovga  ishonib topshirildi. Bo’lim nomi “Xalq ijodiyoti” nomi bilan faoliyat yurita boshladi. Shuxrat Gulomov  barcha ishlarga  mas’ulyat bilan yondoshishi, bo’lim o’qituvchilariga ilmiy-ijodiy ishlar bilan shug’ullanishi uchun imkoniyatlar yaratib berishi bilan o’qituvchilar hurmatini qozondi.

2022 yilda  Shuxrat  Gulomov  taklifi va bo’lim o’qituvchilarining bir ovozda ma’qullashi bilan “Xalq ijodiyoti” bo’limini boshqarish yosh mutaxassis Abdullayev  Eldor  Ernazarovichga ishonib topshirildi  va bugungi kunga qadar “Xalq ijodiyoti” bo’limining mudiri sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

“Xalq ijodiyoti” bo’limida faoliyat yuritgan bir qator o’qituvchilar orasida “Turon fanlar akademiyasi akademegi” va Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zolari   mavjud.

Ayni kunda bo’limda faoliyat olib borayotgan o’qituvchilar:

  1. Abdullayev Eldor  Ernazarovich-  1-toifali o’qituvchi.
  2. Abduraufov Djumaboy Raufovich -oliy malumotli o’qituvchi.
  3. Rahmonov Bahtiyor  Beknazarovich  2-oliy toifali o’qituvchi
  4. Mardonov Muzaffar  Safarovich  2-oliy toifali o’qituvchi.
  5. Isayev Nuriddin Asliddinovich- 2- toifali o’qituvchi
  6. Muhammedov Timur Xolmahmatovich -1- toifali o’qituvchi, kompozitor.
  7. Muxtorova Shahlo Normamadovna – oily malumotli o’qituvchi.
  8. Rahimova Yulduz Djamolovna –oily malumotli o’qituvchi.
  9. Uzoqov Dilshod Shokirovich — 2-toifali o’qituvchi.
  10. Nasimov Doston Quroqboyevich – oily malumotli o’qituvchi.
  11. Handamov Aziz Norjigitovich – oily malumotli o’qituvchi.
  12. Xotamova Amira Xazratqulovna  -oily malumotli o’qituvchi
  13. Saidahmedova Zulayho Abdurasulovna  -oily malumotli- o’qituvchi
  14. Hodjayev Ramiz oliy malumotli o’qituvchi
  15. Aliboyev No’mon Rahmonovich -oliy malumotli o’qituvchi
  16. Soleyeva Zilola Ayubovna   -oliy malumotli o’qituvchi
  17. Turabova Farida -oliy malumotli o’qituvchi
  18. Kalonova Yulduz -oliy malumotli o’qituvchi
  19. Mamatova Sadoqat Ravshanovna -oliy malumotli o’qituvchi
  20. Xamidova Komila oliy malumotli o’qituvchi.

Rayimqulov Jahongir      oliy malumotli o’qituvchi.