O'zbek halq cholg'u asboblar bo'limi
I. Bilim yurtini tashkil qilinishi va rahbarlar
— Samarqand Davlat muzika bilim yurti O’zbekiston respublikasi halq komisarlari kengashi qoshidagi madaniyat ishlari bo’yicha boshqarmasining 1945 yil 18-avgust qaroriga asosan № 1 son muzika maktabi bazasida tashkil qilindi.
— Samarqand muzika bilim yurtini tashkil qiluvchi va uni birinchi direktori O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan o’qituvchi Grigoriy Viktorovich Bauer bo’lib xisoblanadi. 1951-1953 yillarda muzika bilim yurtini direktori talantli xor dirijyori Vitaliy Pavlovich Rudenko faoliyat olib borgan. U o’zining birinchi kundan boshlab viloyatda, xalq o’rtasida muzika madaniyatini targ’ibot qilish masalasini loyihalashtirish maqsadida o’quvchilar va o’qituvchilarni birlashtirib Simfonik orkestr, xor va xalq cholg’u asboblar orkestrini tashkil qilib katta lektsiya – kontsertlarini o’tkaza boshladi.
— 1953 yildan 1961 yilgacha bilim yurtini direktori bo’lib dirijyor pianinochi va xonanda Kononchuk Sergey Sergeyevich ishlagan
— 1961 yildan 1975 yilgacha muzika bilim yurtida direktor bo’lib O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi, xalq maorifi a’lochisi Xursandov Umar Salaxiddinovich faoliyat ko’rsatdi.

- 1975 yildan 2004 yilgacha uzluksiz 30 yil davomida bilim yurti direktori bo’lib O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi, oliy darajadagi mutaxassis Raxmonov Olimboy Raxmonovich ishlab, 1969 yilda Samarqandning 2500 yilligi munosabati bilan Vazirlar Kengashining qaroriga binoan Samarqand muzika bilim yurti mashhur bastakor, xonanda va sozanda Xoji Abdulaziz Abdurasulov nomidagi muzika bilim yurti deb atala boshlandi. 1975 yilning 1 sentyabridan boshlab Samarqand muzika bilim yurti Vazirlar Kengashining 1974 yil 24-iyundagi №324 qaroriga asosan X.A.Abdurasulov nomidagi san’at bilim yurti deb yuritila boshlandi. Bunga bilim yurti qoshida “Rassomchilik”, “Balet artisti”, va “Halq raqs ansambli artisti” nomli bo’limlarning ochilishi sabab.
— Samarqand viloyati xokimiyati o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmasining 2004 yil 2-fevraldagi №24 sonli buyrug’iga asosan Xoji Abdulaziz Abdurasulov nomidagi Samarqand San’at bilim yurti 2004 yilning 2 fevralidan boshlab X.A.Abdurasulov nomidagi Samarqand san’at kolleji deb atala boshlandi.
— 2004 yilning 16 –avgustidan boshlab X.A.Abdurasulov nomidagi Samarqand san’at kollejining direktori bo’lib Ibodov Ismoil Sodiqovich ishlagan.

O'zbek halq cholg'u asboblar bo'limi
1948 yilda Toshkent Davlat Konservatoriyasi qoshida A.I. Petrosyants rahbarligida o’zbek halq cholg’u asboblari kulliyoti tashkil etilgandan so’ng 1949 yilda Madaniyat vazirligining buyrug’iga asosan Samarqand muzika bilim yurtida o’zbek halq cholg’u asboblari bo’limi ochiladi.
• Qabul qilish.
Halq cholg’u asboblar bo’limi ochilishi bilan 1949 yil I-kursga 4 kishi qabul qilinadi;
1. Bakayev M – rubob,
2. Jo’rayev X – chang,
3. Xursandov U – g’ijjak,
4. Xolov E – rubob.
Yildan-yilga qabul oshib boradi va birinchi eng katta, qabul 1956 yilda bo’lib bu yili halq cholg’u asboblar bo’limiga 20 ta milliy talantli yoshlar qabul qilinadi.
1960 yillardan keyin ko’pincha rayon markazlarida muzika maktablari ochilishi va yosh o’qituvchilarni yetishmasligi sababli 1965 yilda bilim yurtining qoshida kechki va sirtqi bo’limlarni tashkil qilinganligi halq cholg’u asboblar bo’limiga o’qishga kiruvchilarni soni yanada oshib boradi.
Agar 1961 yilda 18 kishi, 1962 yilda 16 kishi qabul qilingan bo’lsa 1970 yilda 26 kishi va 1971 yilda 27 kishi qabul qilinadi. Shunday qilib bilim yurti ma’muriyati va o’qituvchilari tomonidan qilingan ishlar natijasida qabul qilishni doimiy o’sishi natijasida 70 — yillardan keyin o’zbek halq cholg’u asboblar bo’limi bilim yurtida eng katta bo’limga aylanadi.
• Bitirganlar soni.
Samarqand muzika bilim yurtida o’zbek halq cholg’u asboblar
bo’limini birinchi bo’lib 1953 yilda 3 kishi bitiradi;
1. Xursandov U – g’ijjak,
2. Bakayev M – rubob,
3. Jo’rayev X – chang.
O’zbek halq cholg’u asboblar bo’liminining bitiruvchilari soni va sifati bo’yicha eng katta bo’lgani 1960 yil. Bu yil o’zbek halq cholg’u asboblar bo’limini 17 kishi bitirib o’rta ma’lumotga ega bo’ladilar. Ular;
Jabirov I – chang,
Taxalov B – g’ijjak,
Nigmatov I – rubob,
1973 yil8 kishi 1983 yil 12 kishi
1974 yil 25 kishi 1984 yil 16 kishi
1975 yil 25 kishi 1985 yil 23 kishi
1976 yil 16 kishi 1986 yil 21 kishi
1977 yil 20 kishi 1987 yil 22 kishi
1978 yil 17 kishi 1988 yil 21 kishi
1979 yil 14 kishi 1989 yil 17 kishi
1980 yil 9 kishi 1990 yil 11 kishi
1981 yil 12 kishi 1991 yil 16 kishi
1982 yil 11 kishi 1992 yil 13 kishi
10 yilda 157 kishi 10 yilda 172 kishi
kabi iste’dodli yoshlar bo’lib, bular Toshkent Davlat Konservatoriyasini bitirgandan keyin 1965 yilda hozirgacha bilim yurtimizda yoshlarni tarbiyalashda katta xissa qo’shib kelmoqdalar.
1953 yil 3 kishi 1963 yil 6 kishi
1954 yil 1 kishi 1964 yil 6 kishi
1955 yil ———- 1965 yil 14 kishi
1956 yil 4 kishi 1966 yil 12 kishi
1957 yil 1 kishi 1967 yil 12 kishi
1958 yil 6 kishi 1968 yil 12 kishi
1959 yil 3 kishi 1969 yil 9 kishi
1960 yil 17 kishi 1970 yil 10 kishi
1961 yil 12 kishi 1971 yil 11 kishi
1962 yil 13 kishi 1972 yil 14 kishi
10 yilda 60 kishi 10 yilda 106 kishi
Yildan–yilga talabalrni soni kengayishi bilan bitiruvchilarni soni ham o’sib boradi va 1974 yilga kelib 26 kishiga yetadi.
Shunday qilib o’zbek halq cholg’u asboblar bo’limini bitirganlarni soni yilma-yil quyidagicha ma’lumotni tashkil qiladi:
1983 yil 17 kishi
1984 yil 22 kishi
Ikki yilda 39 kishi.
Samarqand muzika bilim yurtini halq cholg’u asboblar bo’limini bitirganlarni jami soni 534 kishini tashkil etadi.
Shu bitirganlardan F.Dilmurodova Toshkent Davlat Konservatoriyasida dotsent, kafedra rahbari, Ya. Xaqqulov va X.Yusupovlar san’at fanlari nomzodiga ega. B. Muxammadiyev viloyat qo’g’irchoq teatrining rahbari, D. Obloberdiyev №6-son, S. Usmonov №1-son, A. Tursunov Charxin, M. Xakimov Urgut muzika maktablarida rahbarlik faoliyatini olib borganlar.
O’zbek halq cholg’u asboblar bo’liminining o’qituvchilari
U. Xursandov, I.Nigmatov, D.Taxalov, I.Jabirov, Sh.Gavrilov, X.Jo’rayev, I.Javdatov, A.Alimov, D.Xayrullayev, N.Sharafiddinov, Z.Suyunova, A.Raximov, B.Asliyev, N.Xamroqulov, A.Aliqulov, N.Salohitdinova, XFayzullayev, B.Alimqulov, N.Alimqulovalarning hammasi shu bo’limni bitirib Konservatoriyani muvaffaqiyatli tamomlab yoshlarni tarbiyalashda katta xissa qo’shib kelmoqdalar. Jumladan; X.Jo’rayev, A.Amonov, B.Taxalov, Sh.Gavrielov o’zbek halq cholg’u asboblari bo’limi boshliqlari bo’lib ishlaganlar.
Samarqand muzika bilim yurtidagi o’zbek halq cholg’u asboblar bo’limini bitiruvchilari U.Xursandov, R.Xamroqulov, O’zbekistonda hizmat ko’rsatgan madaniyat hodimi X.Xolov, O’zbekiston halq artisti T.Sayfitdinov va M.Mardonov. Jo’rayev X.A – “Shuxrat” medali sohibi.
• Bo’lim o’qituvchilari.
Samarqand muzika bilim yurtida o’zbek halq cholg’u asboblar bo’limi tashkil qilingan vaqtda umuman milliy mutaxassislar bo’lmaganligi sababli muzika maktabi o’qituvchilari N.Zinin g’ijjak klassidan, G.Pinxasov chang, rubob va doira klasslaridan birinchi o’qituvchilar qilib tayinlanadilar.
1986 yili Toshkent Davlat Konservatoriyasini halq cholg’u asboblar kulliyotini birinchilar qatorida bitirgan N.Adigamov Samarqand muzika bilim yurtining o’zbek halq cholg’u asboblar bo’limini rahbari va o’qituvchisi lavozimiga taklif etiladi. N.Adigamov birinchi marta II-III-IV kurs talabalarini birlashtirib o’zbek halq cholg’u asboblar bo’limini o’quv orkestri tashkil qiladi va chang ixtisosligidan dars berish bilan bir qatorda dirijyorlik klasini ochadi.
1958 yilda Konservatoriyani tamomlagan U.Xursandov ishga keladi va (N.Adigamov ishdan ketganligi sababli) o’zbek halq cholg’u asboblar bo’limi boshlig’i.
1961 yilda Ya.Babado’stovni va 1962 yilda O.Raxmonov ishga kelishlari bilim yurtida o’rta ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash saviyasini oshirishda katta omil bo’ldi.
Keyinchalik o’zbek halq cholg’u asboblar bo’limini bitirganlar, bilim yurtini yo’llanmasi bilan Konservatoriyaga yuborilgan yoshlar, oliy ma’lumotga ega bo’lib 1965 yilda I.Nigmatov, B.Taxalov va 1967 yilda X.Jo’rayev, Sh.Gavrielov, Yu.Sirliboyevlarning ishga kelishi o’zbek halq cholg’u asboblar bo’limini, umuman bilim yurtini ishi, o’qitish va tarbiyalash faoliyatini mustahkamlab uning rivojiga katta sabab bo’ldi.
1970 yillardan keyin o’zbek halq cholg’u asboblar bo’limi yanada yosh kadrlar bilan kengaytiriladi.
R.Ibragimov – chang,
O. Barayev – doira,
I.Javdatov – nay,
D.Xayrullayev – rubob,
N.Sharafiddinov – g’ijjak,
A.Alimov – prima,
A.Raximov – rubob,
Z.Suyunova
B.Asliyev – qashqar rubob,
X.Fayzullayev – qashqar rubob,
kabi oliy ma’lumotli mutaxassislar bo’lim o’qituvchisi qilib tayinlanadilar.
1992-1993 yillarda o’qituvchilar qatoriga kafedra mudiri A.Aliqulov doira, N.Saloxitdinova chang, B.Alimqulov rubob, N.Alimqulova dutor, kelib qo’shiladilar.
O’zbek halq cholg’u asboblar bo’limida ishlagan va ishlayotgan o’qituvchilarni ro’yxati quyidagicha;
1. N.Zinin — 1949 – 1965 yilgacha,
2. G.Pinxasov — 1949 – 1967 yilgacha,
3. N.Adigamov — 1951 – 1958 yilgacha,
4. U.Xursandov — 1958 yildan hozirgacha,
5. M.Muxammadiyev – 1959 – 1961 yilgacha,
6. P.An — 1956 yildan hozirgacha,
7. Ya.Babado’stov — 1961 – 1975 yilgacha,
8. A.Li — 1957 yildan hozirgacha,
9. O.Raxmonov — 1962 yildan hozirgacha,
10. B.Akramov — 1961 – 1967 yilgacha,
11. I.Nigmatov — 1965 yildan hozirgacha,
12. B.Taxanov — 1958 yildan hozirgacha,
13. I.Jabirov — 1959 yildan hozirgacha,
14. I.Barayev —
15. Yu.Sirliboyev —
16. A.Raxmonov — 1962 yildan hozirgacha,
17. Sh.Gavrielov — 1967 yildan hozirgacha,
18. X.Jo’rayev — 1966 yildan hozirgacha,
19. I.Javdatov — 1970 yildan hozirgacha,
20. R.Ibragimov —
21. D.Xayrullayev —
22. N.Sharafiddinov –
23. A.Amonov — 1983 yildan hozirgacha,
24. Z.Suyunova —
25. A.Raximov —
26. B.Asliyev — 1985 yildan hozirgacha,
27. N.Xamroqulov —
28. A.Aliqulov — 1990 yildan hozirgacha
29. X.Fayzullayev —
30. N.Saloxiddinova — 1992 yildan hozirgacha,
31. B.Alimqulov — 1993 yildan hozirgacha,
32. N.Alimqulova — 1993 yildan hozirgacha.
Hozirgi davrga kelib xalq cholg’ularida ijrochilik bo’limida faoliyat olib borayotgan 3 nafar bosh o’qituvchi,3 nafar Yetakchi o’qituvchi ,6 nafar Katta o’qituvchi,10 nafar oliy ma’lumotli 2 nafar tugallanmagan oliy ma’lumotli va 3nafar o’rta maxsus ma’lumotli o’qituvchilardan iborat :
1.Bosh o’qituvchi A.Aliqulov – doira 2004 yildan kafedra mudiri
2.Bosh o’qituvchi A.Amonov –rubob prima,dirijyor
3.Bosh o’qituvchi A.Raximov –afg’on rubobi
4.Etakchi o’qituvchi B .Asliyev- qashqar rubobi
5.Etakchi o’qituvchi F. Muxiddinov –g’ijjak
6.Etakchi o’qituvchi J.Xaybarov -qashqar rubob
7.Katta o’qituvchi I.Ergashev- g’ijjak
8.Katta o’qituvchi N.Saloxiddinova –chang
9.Katta o’qituvchi A.Negmatov- qashqar rubobi
10.Katta o’qituvchi F.Abdullayeva –dutor
11.Katta o’qituvchi J.Raimjonov-g’ijjak bas
12.Katta o’qituvchi Sh.Rasulov -nay
13.Oliy ma’lumotli o’qituvchi N.Alimqulova-dutor
14.OMO’ J.Shomurodov — g’ijjak ,dirijyor
15.OMO’ T.Abdurazzoqov –afg’.rubob ,dirijyor
16.OMO’ Sh.O’rinboyev -qashqar rubob
17.OMO’ I. Sulaymonov -qashqar rubob
18.OMO’ B.Xushbakov – doira,dirijyor
19.OMO’ A.Abduvaxabov- doira
20.OMO’ A.Axrorov -doira
21.OMO’ D.Abdusattorov -dutor bas
22.OMO’ Sh.Jo’raqulov –akkordeon
23. O’zD K 3-bosqich K.Xo’jamqulova –dutor
24. TojDK 2-bosqich D.Bozorov -doira
25 .O’MM M.Obidov -doira
26. O’MM S.Xamidov- doira
27.O’MM B.Burxonov –chang
Xalq cholg’u bo’limida 2021/2022 o’quv yilida 2 ta o’quvchilar orkestri, 1ta o’qituvchilar orkestri,dutorchi qizlar ansambli,doirachilar ansambli,mizrobli cholg’ular ansambli,ko’p ovozli aralash ansambl lar faoliyat olib bormoqda.
Amonov A.A. 1951-y Dushanbe viloyatining Roxati tumanida ukituvchi oilasida tugilgan.1956-y Amonovlar oilsi Samarkandga kuchib keladi.38-son urta maktabni 1964-y tugatib 1969-yilgacha P.V.An sinfida mutaxassislik Sh.R.Gavrielov sinfida dirijyorlikdan sabok oladi.
1969-1974-yy TDK da rubob primada V.Ya.Borisenko va A.Malikov ,dirijyorlikdan Uz.vaKorakalpokiston xalk artisti professor M.Nasimov sinfida taxsil oladi.1974-1980-yillar M.Tursunzoda nomidagi Tojikiston san’at institutiga Uz.Res. Madaniyat vazirligi tomonidan ishga yuboriladi.
1978-y Ozarbayjon dav.konservatoriyasida
1980-y Leningrad dav. Konservatoriyasida malaka oshirib kaytadi.
1983-yildan TDK koshidagi aspiranturani tamomlab, Sam.SBYu. ukituvchisi
1984-y xalk cholgulari bulimii boshligi
2004-yilgacha ma’naviyat va ma’rifat ishlari buyicha direktor muovini
2005-yildan Oliy toifali ukituvchi.
Ijodi: Gulnora va Shaxzod musikiy drama,Zanjirband sher , Gurbatdagi garib muss.drammasi uchun kuy bastalagan.50 dan ortik kuy va romanslar,2005-y saxnalashtirgan asarlari X.Olimjon nomidagi viloyat teatrida Xijron, Gulnora va Shaxzod,Bremen musikachilari.
1982-y— 1-kism, 1983y-2-kismi rubob prima uchun darsliklari IRFON nashriyotida Chop etilgan.1996-y va 2001-y Kel Samarkand shaxriga, Istiklolimni kuylayman , 2010-y Bolalar xori jamoasi uchun o’quv -uslubiy qo’llanmalari nasht etilgan
Doira va urma zarbli cholgular sinfida 1990-yildan- Bosh o’kituvchi Alikulov A.N.
yoshlarga doiraning ijro sirlarini urgatib kelmokda
1964-yilda Samarkand shaxrida tugilgan
1971-1979-yy Samarkand tumanidagi 27-son urta maktabda.
1974-1979-yy Samarkand shaxar 22-son BMM da A.Srojev sinfida ukigan.
1979-1983-yy Samarkand san’at bilim yurtida O.Barayev sinfida mutaxassislikdan,
B.Taxalov sinfida dirijyorlik fanidan taxsil olgan.
1983-1990-yy T.D.Konservatoriyasida doira va zarbli cholgular mutaxassisligidan
S.Azimov va I.Ikromovlardan,dirijyorlik fanidan A.Leviyev,M.Nasimov va
F.Sodikovlardan ta’lim olgan.
(2004 yildan xalk cholgulari kafedrasini boshkarib kelmokda)
Ijodiy ishlari: 2008 y . “ Zarb sehri” nomli uslubiy qo’llanma,
2009 y Bolalar san’at va musiqa maktablari uchun o’quv dastur,
2010 y “Doira taronalari” San’at litsey va kollejlari uchun o’quv qo’llanma
2013 y “Doira vazarbli cholg’ular”o’quv –uslubiy qo’llanmalar nashr etilgan.
2019 y Doira sinfi uchun Bolalar san’at va musiqa maktablari uchun o’quv dastur