“MUSIQA NAZARIYASI” BO’LIMI

“Musiqa nazariyasi” bo’limi 1960- yilda tashkil topgan. Mazkur bo’limga N.D.Bordyuk  ilk bo’lim mudiri sifatida faoliyat boshlagan. Shu davrda bo’limda quyidagi o’qituvchilar, L.M.Tripolskaya, L.P.Ivanova  maxsus va mutaxassislik fanlaridan darsberishgan. Keyinchalik bular safiga yosh va iste’dodli mutaxassislar S.A.Asriyeva, A.A.Lebedeva, O.A.Kitler, N.V.Arustamova, G.N.Goncharova, T.S.Abduraxmanova, E.G.Farxodiylar qo’shildilar.

         1984-2001 yillarda bo’limni A.A .Lebedeva mahorat bilam boshqarib jamoaning ahilligini saqlab keldi, bo’lim o’quvchilariga mehribonlik va ga’amxo’rlik qilish bilan bir qatorda musiqa san’atining asil mohiyatini tushuntira oldi.

         1970 -80-yillarda bo’limda talabalar sonining ko’payishi pedagogic jamoada mutaxassislarga ehtiyojni paydo qildi va shu yillarda o’qituvchilar safida yosh va ga’yratli o’qituvchilar L.I. Seydametova (Xoshu), I.K.Kush, I.Z,Gasparyan, Z.R.Velilyayeva (Ibragimova), N.Yu.Lerman, D.I.Shmin (Liss), G.B.Karaxanova, G.B.Djumayeva (Niyazova)lar ish boshladi.

         2001-2003 yillarda D.T.Axmedova bo’lim boshlig’i sifatida ish olib bordi. Mazkur yillarda o’qituvchilar safida D.Davronova, N.Xodjamqulova, N.Amonova singari yosh mutaxassislar ish boshladi.

         2003-2009 yillar bo’limda yetakchilik qilish va uni boshqarish E.G.Yemelyanova zimmasiga o’tdi.  Uning serg’ayratligi, mas’ulyatliligi va talabchanligi bo’limda o’qituvchilarning o’z ishlariga va fanlariga nisbatan fidoiyligini oshirdi.

         2009-2015 yilga qadar bo’limni boshqarish yana D.T.Axmedova qo’liga o’tdi. Bu davrda bo’lim bir muncha kengaygan, sohada o’qish istagini bildirgan talabalar soni anchagina oshgan edi. Shu boisdan ham bo’limda yetuk kadrlarga ehtiyoj sezila boshlandi. Bo’lim boshlig’i sifatida D.T.Axmedova bu muammoga alohida yondoshdi va  shu bo’limni tugatib, O’zDKni shu mutaxassislikda tamomlab kelgan yosh kadrlarni ishga ola boshladi. D.A.Amonov, M.Muxtorov, M.Toshpo’latov, L.Yariyeva, M.Xodjayeva, A. Muminovlar shular jumlasidandir.

         2015 yilda D.T.Axmedovaning taklifi va bo’lim o’qituvchilarining bir ovozda ma’qullashi bilan “Musiqa nazariyasi” bo’limini boshqarish yosh mutaxassis A.I.Muminovga ishonib topshirildi. A.I.Muminov barcha ishlarga  mas’ulyat bilan yondoshishi, bo’lim o’qituvchilariga ilmiy-ijodiy ishlar bilan shug’ullanishi uchun imkoniyatlar yaratib berishi bilan o’qituvchilar hurmatini qozondi va bugungi kunga qadar “Musiqa nazariyasi” bo’limimning mudiri sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

“Musoqa nazariyasi” bo’limida faoliyat yuritgan bir qator o’qituvchilar orasida “Mehnat veterani”, “Xalq maorifi a’lochisi” kabi unvonlar bilan taqdirlanganlar, professor, fan nomzodi singari ilmiy daraja sohiblari, shuningdek kompozitorlar mavjud.

Ayni kunda bo’limda faoliyat olib borayotgan o’qituvchilar:

  1. Azizjon Isroilovich Muminov- “Musiqa nazariya ” bo’limi mudiri, oily toifali o’qituvchi.
  2. Galina Benyaminovna Karaxanova-oliy toifali o’qituvchi.
  3. Nailya Gabdulgasizovna Ibragimova-oliy toifali o’qituvchi.
  4. Elvira Grigoryevna Yemelyanova-oliy toifali o’qituvchi.
  5. Liliya Abdullayevna Xalilova-oliy toifali o’qituvchi.
  6. Nigina Abduraxmonovna Amonova-oliy toifali o’qituvchi
  7. Mexroj Islomovich Muxtorov-oliy toifali o’qituvchi, kompozitor.
  8. Gulbahor Baxriyevna Niyazova-I toifali o’qituvchi.
  9. Nargiza Jahonqulovna Xodjamqulova –II toifali o’qituvchi.
  10. Dilshod Abduraxmonovich Amonov- II toifali o’qituvchi.
  11. Islombek Ismoil o’g’li Ernazarov- II toifali o’qituvchi.
  12. Sevara Xamidullayevna Ibatova- II toifali o’qituvchi.
  13. Dilova Isroilovna Davronova –o’qituvchi
  14. Madina Majitovna Xodjayeva- o’qituvchi
  15. Lobar Murodovna Yariyeva- o’qituvchi
  16. Xurshed Baxtiyorovich Asliyev- o’qituvchi