Puflama va zarbli cholg’ular tarixi
Samarqand san`at bilim yurtida Puflama va zarbli cholg’ulari ijrochiligi kafedrasi 1949 – yili o’z faoliyatini boshlagan. O’z xohishi bilan kelgan ilk talabalar harbiy orkestr tarbiyalanuvchilar xisoblangan. Ikkinchi jahon urushi vaqtlarida va urushdan keyin davrlarda puflama va zarbli cholg’ular orkestri bir nechta joylarda: Jumladan: Zavodlarda, fabrikalarda, oily o’quv yurtlarda, Masalan: Bolalar orkestri, Pionerlar uyida rahbari Belskiy B.M “Krasniy dvigatel” zavodida rahbari Umerov Ya va “Konserva” zavodida rahbari Zverov va hokazo boshqa joylarda shunga o’xshash kichik orkestrlar o’z faoliyatini davom ettirgan. Samarqand san`at bilim yurtida Puflama va zarbli cholg’ulari ijrochiligi kafedrasiga bolalar musiqa maktablari yordami bilan 5 tadan 10 – 12 tagacha bola 60 yilargacha qabul qilish darajasi oshgan.
Puflama va zarbli cholg`ular kafedrasi rivojlanishiga asosiy hissa qo’shgan ustoz B.M.Belskiy hisoblanadi. Samarqand san`at bilim yurtida yillar davomida quyidagi cholg’ular sinflari tashkil etilgan:
1949 – yili faqat trambon sinfi
1951 – yili Klarnet, truba, valtorna sinfi
1952 – yili fleyta sinfi
1956 – yili tuba sinfi
1963 – yili Gaboy sinfi
1973 – yili Fagot va zarbli cholg’ular sinflari bugungi kunga qadar o`z faoliyatini davom ettirib kelmoqda.
Samarqand san`at bilim yurtida Puflama va zarbli cholg’ulari ijrochiligi kafedrasining bir necha yetuk ustozlari jumladan: Belskiy Baris,Zinin Nikolay, Li Aliksey, Abdurahmanov Navro`z, Dumbadze Dariko, Memetov Refat, Urakova Larisa, Urakova Lidiya, Agabekyan Karo kabi ustozlar yetishtirgan shogirdlar nafaqat yurtimizda balki yer yuzining qator davlatlarida ustozlaridan o`rgangan musiqa sirlarini kelajak avlodga o`rgatmoqdalar.
Hozirgi vaqtga kelib, Samarqand ixtisoslashtirilgan san`at maktabida quyidagi ustozlar shogirdlariga puflama va zarbli cholg`ularda ijro etish sirlarini chuqur o`rgatib kelmoqdalar.
O`qituvchi D. A. Dumadze truba sinfi
O`qituvchi K. E. Agabekyan klarnet sinfi
Birinchi toifali o’qituvchi R.A. Xasanov klarnet sinfi.
Ikkinchi toifali o’qituvchi I.M. Isoqov zarbli cholg’ular sinfi .
Oily ma’lumotli o’qituvchi N.B. Adilov gaboy sinfi.
Oliy ma’lumotli o’qituvchi S.F. Raimov Fleyta sinfi .
Oliy ma’lumotli o’qituvchi S.S.Yusupov zarbli cholg’ular sinfi.
O’qituvchi U.Y.O’rozov tuba sinfi.
O’qituvchi Sh.B.Rasulov gitara sinfi.